📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatlari Muhammadiyev Ural Lafasovich, Rasulov Ibroxim Xabibullayevich hamda Xudoyorov Bahrom Ziyavutdinovich ishtirokida Yashnobod tumani Vatandosh mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
📝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Aholi tomonidan berilgan savollarga tegishli tushuntirishlar va javoblar berildi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga takliflar kiritildi.
✅ Kelib tushgan murojaatlar ijrosini ta’minlash hamda ko‘tarilgan masalalarning yechimini topish yuzasidan ishlar deputatlik nazoratiga olindi.