35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 3-“Oqqo‘rg‘on” okrugi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Mirzayev Boxodir Suyunovich saylov okrugida joylashgan “Darxon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi aholi turmush tarzini o‘rganish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Darxon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan mahalla faqarolar yig‘inida aholi va yoshlar uchun sharoitlarni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va noqonuniy qurilmalarga qarshi qonuniy chora ko‘rish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Mahalla obodligi va mehr-saxovat” oyligi doirasida amalga oshirlayotgan keng ko‘lamli ishlar xaqida suhbatlashildi. Suhbat jarayonida mahalla raisi hududda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash va chiqindilarni boshqarishni yaxshilashga qaratilgan “Dolzarb 40 kun” (yoki 40 kunlik) tozalik va obodonlashtirish tadbirlari yuzasidan ma’lumot berdi.

Suhbat yakunida deputat Boxodir Mirzayev va mahalla raisi tomonidan Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, mahalla hududini obodonlashtirish, uylar oldi va ko‘chalarni tozaligini saqlash yuzasidan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3