35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI

ISSIQLIK TA’MINOTI XIZMATLARI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna, Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda bosh mutaxassis Diyorbek Toyirov  Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan “Issiqlik ta’minoti” MChJ Navoiy filialida o‘rganish olib bordilar.

🔹 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan issiqlik energiyasi va issiq suv xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda to‘lov tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔹 Shuningdek, iste’molchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmatlar uchun hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash, to‘lovlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish hamda aholining murojaatlari va takliflarini inobatga olish masalalariga e’tibor qaratildi.

⚖️ O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari” talablari asosida amalga oshirildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan issiqlik energiyasi va issiq suv xizmatlari uchun hisob-kitob hamda to‘lov tartibini takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.

Mazkur masalani Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish nazarda tutilgan.

Slide 1 of 2