35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
“Kalvak guzari” mahallasida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qahharova tomonidan “Kalvak guzari” MFY yoshlar yetakchisi A.Tojinazarovning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan qonun talablari ijrosini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, mahalladagi 9 nafar og‘ir toifadagi yosh bepul kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etilgani, 5 nafar yoshning bandligi ta’minlangani hamda 2 nafar yoshning kontrakt to‘lovlari to‘lab berilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, mahallaning 27 nafar yoshlar turli sport musobaqalarida faol ishtirok etib, 1- va 2-o‘rinlarni egallagani qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2