35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Milliy raqs mashg‘ulotlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida milliy raqs yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida komissiya a’zolari o‘quv xonasida bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatdilar hamda ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarga milliy raqs san’atining o‘ziga xos jihatlari, sahna madaniyati, harakatlar uyg‘unligi va ijro mahoratini shakllantirish bo‘yicha berilayotgan ta’lim sifati yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning iste’dodini rivojlantirish, ularni turli tanlov va madaniy tadbirlarga tayyorlash, mashg‘ulotlar samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Komissiya a’zolari yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirish va iste’dodli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2