35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Voyaga yetmaganlar himoyasi — e’tibor va mas’uliyat masalasi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich “Nurli kelajak” MFY hududida voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

🔍 O‘rganish jarayonida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–263, 2010-yil 29-sentabr) talablarining mahalla yettiligi faoliyatida qanday ta’minlanayotgani ko‘rib chiqildi.

👥 Xususan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan yoki davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj voyaga yetmaganlar va oilalarni aniqlash, zarur hollarda mas’ul organlarni xabardor qilish, shuningdek, bunday oilalar bilan manzilli profilaktik ishlarni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🩺 Shuningdek, muntazam ravishda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki insonning aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishi oqibatida tibbiy ko‘rik, kuzatuv yoki davolanishga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va bu haqda sog‘liqni saqlash organlarini xabardor qilish borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

⚖️ Voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va oilalar haqida tegishli mas’ul tashkilotlarni zudlik bilan xabardor qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.

🤝 O‘rganish yakunida mahalla yettiligi tomonidan voyaga yetmaganlar bilan ishlashda erta profilaktika, manzilli yondashuv va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Slide 1 of 2