35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
GAZ TA'MINOTI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Sessiya_oldi_organish #haftalik_ish_reja_ijrosi

GAZ TA'MINOTI HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

🗂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini joylarda o‘rganish bo‘yicha, Oliy Majlis Senati tomonidan berilgan tavsiyalar ijrosi doirasida Shaftolizor mahallasidagi gaz ta'minoti infratuzilmasi holati o‘rganildi.

💼 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassis Umidbek Abilov hamda tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.

🔴 Jarayonda hududga xizmat ko‘rsatuvchi 14-10/136-sonli gaz taqsimlash punkti (GTP)ning texnik holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda uzluksiz gaz ta'minotini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mas'ul mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

💬 O‘rganish davomida gaz ta'minoti tizimining barqaror ishlashini ta'minlash, profilaktik tadbirlarni o‘z vaqtida yakunlash hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

📝 O‘rganish yakunida mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4