35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🏫 2026-YILDA SHOVOT TUMANINI KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURI: 51-SON MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI
янв.21
📍 OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI LIFTlar HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📢 “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZINING 2026-YIL I YARIM YILLIK FAOLIYATI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI
KENGASH QARORI IJRODA: 162-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi III-19-22-14-204-K/26-son qaroriga asosan, Chilonzor tumanidagi 162-sonli umumta’lim maktabida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida ayni paytda maktabning ta’mirtalab holga kelib qolgan hojatxonalari, kirish qismidagi foye va zinapoyalar, koridorlar, devorlar hamda deraza romlarini ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holatini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz, qulay hamda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Kengash qarorlarining joylardagi ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilmoqda.

Slide 1 of 4