35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
AHILOBOD MAHALLASIDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Ravshan Abdulxayevich Fazilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sevara Abdullayevna Ubaydullayeva va Erkin Ag‘zamovich Zohidov, shuningdek, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Marina Murzametova ishtirokida Yunusobod tumanining “Ahilobod” mahallasida mahalla yettiligi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🏛Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda hududni yanada obodonlashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

🤝Mahalla faollari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.

✔️Ochiq muloqot davomida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda mahallani yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3