35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
DEPUTAT HISOBOTI VA SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

 DEPUTAT HISOBOTI VA SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov,
“Madad” NNT Quva tuman vakili X.Qodirov hamda tuman Kengashi kotibiyati
bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov ishtirokida Sanoatchilar mahalla
fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
 

Unda tuman tashkilotlari vakillari, “mahalla yettiligi” a’zolari,
mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, hududni
rivojlantirish hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
 

Uchrashuv davomida deputat R.Nodirov tomonidan 2026-yilning birinchi yarim
yilligida saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar
murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish borasida olib borilgan
faoliyat, deputatlik nazorati doirasida bajarilgan ishlar hamda hududni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan
saylovchilarga batafsil hisobot taqdim etildi.
 

Shuningdek, saylovchilar tomonidan yo‘llar, elektr ta’minoti va boshqa dolzarb masalalar
yuzasidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar tinglanib, ularni hal etish
mexanizmlari yuzasidan mas’ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
 

Yakunda bildirilgan murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda
bosqichma-bosqich hal etish, ularning ijrosini deputatlik nazoratida ushlab
turish hamda saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlarni davom ettirish muhim
vazifa ekani alohida ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4