35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📢 Qo‘shimcha mablag‘lar bo‘yicha jamoatchilik fikri inobatga olinadi
янв.21
Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–528-son Qonuni ijrosi savolnoma asosida o’rganildi.
янв.21
🏥 Qo‘shimcha mablag‘lar qaysi yo‘nalishlarga ustuvor ravishda sarflanadi?
янв.21
🏢 Qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan qanday tashkilotlar moliyalashtirilmaydi?
янв.21
📍 Xaftalik tasdiqlangan ish reja asosida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
📊 VILOYAT KENGASHI QARORI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e'tiborida
янв.21
📍 Xaftalik tasdiqlangan reja asosida deputat saylov okrugidagi mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi monitoring qilindi
янв.21
📌 Deputat va “Shovottumangaz” filiali hamkorligi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
🟦 OILA VA XOTIN-QIZLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘I S. JUMANIYOZOVA HISOBOTI YUZASIDAN MUNOSABAT
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

#kotibiyat_xodimi_faoliyati

🇺🇿Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva Yangi shahar mahallasida Hokim yordamchisi ishini ko‘zdan kechirdi


Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergashevaga biriktirilgan saylov okrugidan Yangi shahar mahallasi hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Shuningdek, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, imtiyozli kredit va subsidiya olish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalladagi muammolarni hal etish yuzasidan belgilangan vazifalar muhokama etildi.

✅ O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.