#Deputat_sorovi_javobi
Deputat Musurmanov Maqsud Musurmon o'g'li so‘roviga tuman elektr tarmoqlari UK boshlig‘i B.Ulug‘murodovdan javob olindi.
Deputat so‘rovi asosida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat tuman Elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida Birlashuv mahallasi hududidagi avariya holatiga kelgan simyog‘och almashtirilib, elektr tarmoqlari qayta ulandi. Natijada hududda elektr ta’minoti tiklanib, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|