35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI 🇺🇿
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZIB, MAHALLADA XONADONBAY O‘RGANISHLAR OLIB BORDI
янв.21
📍DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Monoq mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
🔷 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
🩺👩‍⚕️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi ishlar nazoratda
янв.21
🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Xo‘jaqiya-2 mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holat, hudud infratuzilmasi, aholini qiynayotgan masalalar hamda mahallani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Aholi tomonidan bildirilgan muammolarni o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borish yuzasidan vazifalar belgilandi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputat nazoratiga olindi. Bunday amaliy tadbirlar hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar bilan muloqotlarni kuchaytirish va hududlardagi muammolarni o‘rganish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4