35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🩺👩‍⚕️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi ishlar nazoratda
янв.21
🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
янв.21
🏦📖 “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🏦🤝 Deputatga biriktirilgan AT “Agrobank”ning Shovot filiali bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🔷 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi qarori ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi
янв.21
🏥📋 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№265-I) ijrosi o‘rganildi
янв.21
🔷 Deputatlik faoliyati: mahalladagi muammolar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi
янв.21
⚖️🤝 HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
🚨 “URGANCH – XIVA” PULLI AVTOMOBIL YO‘LIDA HARAKAT TEZLIKLARI BELGILANDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati U. Shukurov tomonidan tumandagi umumta’lim muassasalarini 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari holatini o‘rganish maqsadida Pastdarg‘om tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimlarining texnik holati, ta’mirlash ishlari, qo‘shimcha isitish pechlariga bo‘lgan ehtiyoj, ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlanganlik hamda ularni saqlash holati yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Shuningdek, maktab binolarining tom qismi, eshik va derazalarini ta’mirlash ishlari, elektr va gaz ta’minotida uzilishlar yuzaga kelganda qo‘llaniladigan zaxira choralar, o‘quvchilar va pedagog xodimlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilgan tadbirlar haqida ham axborot berish talab etilgan.