35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI 🇺🇿
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZIB, MAHALLADA XONADONBAY O‘RGANISHLAR OLIB BORDI
янв.21
📍DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Monoq mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
🔷 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
🩺👩‍⚕️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi ishlar nazoratda
янв.21
🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi

4-sonli oilaviy poliklinikada mavjud masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi Jo‘rabek Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 4-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasada mavjud masalalar o‘rganildi. Shuningdek, poliklinika bosh shifokori Jabborova Marhabo Sattorovna bilan suhbat o‘tkazilib, tibbiyot muassasasining faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat jarayonida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, tibbiyot xodimlari uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5