35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Ta'lim, sport va barkamol avlod – deputat nazoratida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Navruzov Faxriddin Qo‘zibayevichga yoshlar va sport hamda ilm-fan va ta'lim sohalariga oid muhim qonunlar biriktirilgan.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI DEPUTATI BOBOJONOVA MANZURA NURIDDINOVNA FAOLIYATIDAN
янв.21
Yoshlar va xavfsizlik – deputat nazoratida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘liga yoshlar va sport hamda xavfsizlik sohalariga oid muhim qonunlar va uchta tashkilot biriktirilgan.
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha aylanish — muammolarni joyida o‘rganishning eng samarali yo‘li
янв.21
👥📚 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA 🇺🇿✅
янв.21
🤝 HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
📝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi qarori ijrosi yuzasidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda ulardan samarali foydalanilishi holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
📊 SHOVOT TUMANI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURLARI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Poʻlat Yoʻldoshevich Sultanov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI
#haftalik_ish_reja #doimiy_komissiya_faoliyati Xavfsiz va sog‘lom yurt: Termiz shahrida “Chilonzor” va “Mirzo Ulug‘bek” tajribalari asosida jinoyatchilik profilaktikasi o‘rganildi
Unda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi G.Kravchenya, shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi raisi I.Tangirov Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Muratov, IIB Termiz shahar bo'limi boshlig'i M.Boltayev, viloyat va shahar Kengashlari bosh mutaxassislari hamda mahalla nazorat inspektorlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Komissiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlari ijrosi, “Chilonzor tajribasi”, “Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasi” hamda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Termiz shahrining "Bog‘ishamol" va "Bo‘ston" mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlarni sinchkovlik bilan tahlil qildilar.

O‘rganish davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

“Jinoyatchilikdan xoli hudud” yaratish: Kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, huquqbuzarliklarni barvaqt jilovlash;

Manzilli profilaktika: “Og‘ir” toifadagi yoshlar bilan individual ishlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish va aholi bandligini ta’minlash;

Raqamli xavfsizlik va nazorat: Ko‘p qavatli turar joylar va ijtimoiy obyektlarni zamonaviy kuzatuv kameralari bilan jihozlash hamda ularni markaziy qo‘riqlash tizimlariga ulash holati;

Ijtimoiy-tibbiy profilaktika: Surunkali ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlikka moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, ularni tizimli davolash hamda ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralari.

O‘rganishlar davomida jinoyat sodir etishga moyillik yuqori bo‘lgan hududlarda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” (mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va b.) a’zolarining ishi tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Yo‘l qo‘yilgan loqaydlik va sustkashliklar ko‘rsatib o‘tilib, kelgusida har bir mas’ul xodimning shaxsiy javobgarligini keskin kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

"Aholi osoyishtaligi va xavfsizligi — islohotlarimizning bosh mezoni. Mahallada xizmat qilayotgan har bir xodim xonadonbay yurib, muammoni jinoyat sodir etilishidan oldin aniqlashi va bartaraf etishi shart. Buning uchun barcha kuch va texnik imkoniyatlar (kuzatuv kameralari, tezkor aloqa) to‘liq safarbar etiladi," — deya ta'kidlashdi komissiya raislari.
Slide 1 of 9