Новости

Последние новости

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📍 Komiljon Otaniyazov mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
🟦 MAHALLALARDA YOSHLAR SIYOSATI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TIZIMI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI NAZORATDA
янв.21
📢 Muammo deputatlik nazoratida!
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NAZORATDA
янв.21
🩺 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Turopova, bosh mutaxassisi N.Abraxmatov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyeva tomonidan 1-DMTTda O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarning Qonun bilan belgilangan huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, tashkilotda bolalarning ta’lim olish, dam olish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish, erkin rivojlanishi hamda ularning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga oid Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib Qonuni talablarini to‘liq va samarali ta’minlash yuzasidan zarur choralarni izchil davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.