Новости

Последние новости

янв.21
🏛 Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida!
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🌿 🌿 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: PIYODALAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA
янв.21
⚡️ DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
Yoshlar kelajagi — barchamizning ustuvor vazifamiz
янв.21
📊 KENGASH QARORI BILAN AJRATILGAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O'RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: Muammo joyida hal etildi!
янв.21
🌉 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, 1-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Anvar Aralov tomonidan Do‘stlik mahallasidagi 25-sonli ko‘p qavatli uy aholisi murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida mazkur uyda oqova suv tarmog‘i eskirgani, natijada oqova suvlarning erkin oqib ketishi qiyinlashib, aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga deputatlik so‘rovi kiritilib, oqova suv tarmog‘ining texnik holatini o‘rganish, uy hududidan kolodetsgacha bo‘lgan eskirgan quvurlarni yangilash hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalaning ijrosi deputat nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotlarning bu boradagi ishlari yuzasidan ma’lumotlar olinib boriladi.

Slide 1 of 2