Новости

Последние новости

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📍 Komiljon Otaniyazov mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
🟦 MAHALLALARDA YOSHLAR SIYOSATI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TIZIMI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI NAZORATDA
янв.21
📢 Muammo deputatlik nazoratida!
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NAZORATDA
янв.21
🩺 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yigʻilishi oʻtkazildi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi raisi B.Vafoyev raisligida Kengash huzurida tashkil etilgan ekspert guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

📋 Yigʻilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda hududlarni boshqarishga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, kun tartibidan ehtiyojmand oilalarni energiya tejamkorlik tamoyillari asosida qoʻllab-quvvatlash, aholining energiya resurslaridan oqilona foydalanishini ragʻbatlantirish masalalari oʻrin oldi. Mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, sohaga oid taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining “Vobkent tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga tegishli oʻzgartirishlar kiritish masalasi ham atroflicha koʻrib chiqildi. Mutaxassislar va ekspertlar tomonidan ushbu masala yuzasidan huquqiy hamda amaliy jihatlar muhokama qilinib, tegishli xulosalar shakllantirildi.

💬 Yigʻilish davomida ekspert guruh aʼzolari kun tartibidagi har bir masala yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, sessiyaga kiritiladigan masalalarni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqdilar.

✅ Yakunda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar qabul qilinib, ularni navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish tavsiya etildi.

📌 Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan olib borilayotgan bunday muhokamalar qabul qilinayotgan qarorlarning puxta va samarali boʻlishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5