Новости

Последние новости

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARINING HISOBOTI OLDIDAN JOYLARDA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILMOQDA. AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 19-“Chashma” saylov okrugidan saylangan deputati Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Xurriyat” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 46-sonli oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi.Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Parkent tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti yuzasidan joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida deputat oilaviy shifokorlik punkti rahbari bilan uchrashib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati hamda mavjud sharoitlar yuzasidan suhbatlashdi.Jarayonda muassasa mudiri tomonidan aholiga bepul yetkazib beriladigan 120 turdagi dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, dorilar va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda ularni taqsimlash jarayonlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.Ma’lum qilinishicha, mazkur oilaviy shifokorlik punktida 6 nafar shifokor va 40 nafar hamshira tomonidan hudud aholisiga birlamchi tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.O‘rganish yakunida deputat muassasaga kelgan fuqarolar bilan muloqot o‘tkazib, navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan Parkent tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti yuzasidan aholini qiynayotgan mavjud muammo va takliflarni o‘rgandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul tashkilot va muassasa rahbarlariga deputatlik nazorati tartibida tegishli savollar kiritilishi belgilandi.  

Slide 1 of 3