Новости

Последние новости

янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Yoshlar yetakchisi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 29–30-iyun hamda 1–2–3-iyul kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDAGI SANOAT ZONALARI: RIVOJLANISH VA IMKONIYATLAR
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
#162_ta_qonun #tuman_hokimi 📌 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati, Ishtixon tumani hokimi Ruziyev Fazliddin Kiranovichga O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni biriktirildi.

Mazkur qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga qaratilgan.

🔹 Qonun va unga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganiladi;
🔹 Ta’lim muassasalari, mahalla va mutasaddi tashkilotlar faoliyatida qonunchilik talablarining bajarilishi tahlil qilinadi;
🔹 Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar monitoring qilinadi;
🔹 Qonunchilik talablari asosida savolnomalar ishlab chiqiladi;
🔹 Doimiy komissiya bilan hamkorlikda o‘rganish va nazorat tadbirlari tashkil etiladi;
🔹 Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi.

🎯 Asosiy maqsad — voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdan iborat.

✅ Kengash deputatlari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish va yoshlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1