Новости

Последние новости

янв.21
🏛 Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida!
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🌿 🌿 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: PIYODALAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA
янв.21
⚡️ DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
Yoshlar kelajagi — barchamizning ustuvor vazifamiz
янв.21
📊 KENGASH QARORI BILAN AJRATILGAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O'RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: Muammo joyida hal etildi!
янв.21
🌉 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
26-maktabda yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar 26-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida maktabda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb etish hamda ta’til davrida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Maktabda tashkil etilgan fan, kitobxonlik va ijodiy yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqishlari asosida olib borilayotgani, bu esa ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, sport tadbirlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan mashg‘ulotlar orqali yoshlarning jismoniy faolligini oshirish borasida ham tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Maktab rahbariyati bilan o‘tkazilgan suhbat davomida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar qamrovini kengaytirish, ularning qiziqishlaridan kelib chiqib yangi mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ta’lim muassasasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni bilim olishga va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4