Новости

Последние новости

янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
Chorbog' mahallasidagi muammolar deputat nazoratida

Chorbog' mahallasidagi muammolar deputat nazoratida

➡️Samarqand viloyati 6-Mehrobod saylov okrugidan Xalq deputatlari viloyati Kengashi deputati Akbarali Qayumov tashabbusi bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan aholi murojaatlari va hududlardagi ijtimoiy-infratuzilmaviy muammolarni o‘rganish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari Samarqand shahridagi Chorbog‘ mahallasida olib borildi.

➡️Mazkur o‘rganish jarayonlarida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, kommunal xizmatlar sifati, ichki infratuzilma, yo‘l va transport tizimi, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda fuqarolarni qiynayotgan dolzarb muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

✍️O‘rganishlar davomida Chorbog‘ mahallasi hududidan o‘tuvchi Narpay ko‘chasida joylashgan jamoat transporti bekatining bugungi kunda eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgani aholi tomonidan asosiy muammolardan biri sifatida ko‘tarildi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, mazkur bekat uzoq yillar davomida ta’mirlanmagan bo‘lib, uning tom qismi, o‘rindiqlari va tashqi konstruksiyalari nosoz holatga kelgan. Natijada aholi, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlar, ayollar va o‘quvchilar uchun jiddiy noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

🔄Shu bilan birga, bekatda yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklar yetarli darajada emasligi, yomg‘irli va issiq ob-havo sharoitida fuqarolarning jamoat transportini kutishi uchun munosib sharoit mavjud emasligi qayd etildi. Aholi tomonidan bekatni zamonaviy talablar asosida qayta qurish, uning hududini obodonlashtirish hamda xavfsiz va qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

💠Shu munosabat bilan, mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilib, jamoat transporti bekatini rekonstruksiya qilish va aholi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash taklif etildi.

✅O‘rganishlar yakunida aholi murojaatlarini tizimli hal etish, hudud infratuzilmasini yanada yaxs hilash, fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi muloqot samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3