Новости

Последние новости

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e'lon qilindi:

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 22-iyun, dushanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan hududdagi Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, sport anjomlari mavjudligi va ularning jihozlari holati - Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Parizod Ziyo tomonidan "Miskin" MFY hududidagi Jamoat transportining muntazam harakatlanishi va avtobus bekatlarining qulayligi holati - Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlarini rasmiylashtirish;

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 23-iyun seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o'ttizinchi sessiyasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatini Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 24-iyun chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan “G'alaba” mahallasi hududidagi 242-sonli umumta'lim maktabidagi "Dolzarb-90" doirasida tashkil qilingan Yozgi sog'lomlashtirish oromgohi joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 25-iyun payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan tumanda joylashgan “G‘alaba” bog‘ida Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bo‘sh vqatini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkaziladigan "Yoshlar oqshomi" tadbirida ishtirok etadilar.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

🗓 26-iyun juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati F.Abidjanova "Oltinsoy" MFY yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boradi.

🔍 Mas’ul: U. Shopotixov, B.Xoliqjonova

📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1