Новости

Последние новости

янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
"Mahalla yettiligi" faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 23-Qorako‘l saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov tomonidan Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyev bilan birgalikda "Qo‘g‘oli" mahalla fuqarolar yig‘inida "mahalla yettiligi" faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida, avvalo, hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Belgilangan vazifalarning ijrosi, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

👩‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, muammolarini o‘rganish hamda manzilli qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar samaradorligi ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

✅ O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7