Новости

Последние новости

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI HAMDA QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X. Xazratova tomonidan 1-Nurobod saylov okrugiga qarashli Amir Temur mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, muammolarini o‘rganish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

✍️Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda yosh qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

✔️Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ–561-son Qonuni ijrosi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallada mazkur qonun talablarining bajarilishi, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

⚡️Suhbatlar davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

🔘O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3