Новости

Последние новости

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Mahalla yettiligi faoliyatidan

Mahalla yettiligi faoliyatidan

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati tomonidan “Madaniyat” mahallasida mahalla yettiligi tarkibidagi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektori, katta leytenant Eshpo‘latov Ahrorjon tomonidan hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, “Madaniyat” mahallasi jinoyatchilik holatlari past bo‘lgan, osoyishtalik va barqarorlik ta’minlangan hududlardan biri hisoblanadi.

Profilaktika inspektori tomonidan fuqarolar bilan muntazam profilaktik suhbatlar o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, notinch va nazoratdagi oilalar bilan manzilli ishlash hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, mahallada “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan deputatga batafsil axborot taqdim etildi.

O‘rganish yakunida mahallada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Slide 1 of 1