Новости

Последние новости

янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlar deputat ishtirokida muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida “Firdavsiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shukur Xakimov hamda mahalla xotin-qizlar faoli Nilufar Sultanova ishtirokida ta’lim-tarbiya jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🏫 Uchrashuv davomida bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv va o‘yin maydonchalari holati, sanitariya-gigiyena talablari, oziqlantirish tizimi hamda pedagog xodimlarning faoliyati muhokama qilindi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish va muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan bolalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim sifati va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muassasa rahbariyati va pedagoglar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

💬 Nigora Eshmetova maktabgacha ta’lim tizimi kelajak avlodni tarbiyalashdagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni doimiy deputatlik nazoratida ushlab borish muhimligini qayd etdi.

🔎 Tashrif yakunida muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10