Новости

Последние новости

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan bank xodimlari bilan hamkorlikda tumanning “Besh-tut” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun moliyaviy ko‘mak olish, ipoteka va iste’mol kreditlari, bank xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, bandlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat va bank mutaxassislari har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, amaldagi qonunchilik hamda bank xizmatlari tartiblari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdilar. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2