Новости

Последние новости

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

🏛 Yangihayot tumanidagi “Navqiron” saylov okrugi hududida joylashgan Soliq va iqtisodiyot texnikumida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Zulfiya Mo‘minova ishtirok etdi.

📝 Tadbir davomida deputat Zulfiya Mo‘minova “Ilmli ayol — jamiyat tayanchi” mavzusida ma’ruza qilib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishi va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritdi. Ayniqsa, qizlarning oliy ta’limda o‘qishini davom ettirishi, ilm-fan va tadqiqot faoliyatida faol bo‘lishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biri ekani ta’kidlandi.

💬 Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda deputatning shogirdlari — Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, O‘zJOKU talabasi Rohilabonu G‘uchchiyeva hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Mavjuda Davronova ham ishtirok etib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar. Ular o‘zlarining ta’lim va ilmiy faoliyatdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashib, tengdoshlarini bilim olish va o‘z ustida ishlashga undadilar.

📖 Uchrashuv davomida deputat Zulfiya Mo‘minova Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Umummilliy kitobxonlik harakati”ning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib, kitob mutolaasi yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri va ma’naviy kamolotini yuksaltirishdagi beqiyos ahamiyatini ta’kidladi. Yoshlar kitobxonlikka keng jalb etilishi, mutolaa madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani qayd etildi.

🤝 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligi, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarga hamohang tarzda tashkil etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4