Новости

Последние новости

янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
🏛Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 6-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Sh .Ramazonova tomonidan tumandagi “Bog‘ibaland” mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi
🏛Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 6-Gulbog‘ saylov okrugi deputati Sh .Ramazonova tomonidan tumandagi “Bog‘ibaland” mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining ish faoliyati o‘rganildi.

✍️O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini hal etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🗓Uchrashuv davomida yoshlar yetakchisi bilan mavjud muammolar, ularning yechimlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌐Yakunda yoshlar bilan ishlash sifatini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 3