Новости

Последние новости

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 9-“Konchi” saylov okrugidan saylangan deputati B.Sharipov hamda 18-“O‘zbekiston” saylov okrugidan saylangan deputati L.Karimova tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tumandagi gaz quyish shaxobchalari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida gaz quyish shaxobchalarida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, gaz mahsulotlari bilan ta’minlash holati, navbatlarning tashkil etilishi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan shaxobchalarda mavjud vaziyat joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, mas’ul xodimlar bilan muloqot qilindi. Shuningdek, xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganildi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarda asosan xizmat ko‘rsatish sifati, kutish vaqti va ayrim tashkiliy masalalar yuzasidan fikrlar ilgari surilgani qayd etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiyalar hamda takliflar berildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilandi.

Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu kabi o‘rganishlar va ochiq muloqotlar kelgusida ham muntazam ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 3