Новости

Последние новости

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Aholi salomatligi — e’tibor markazida

Aholi salomatligi — e’tibor markazida

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda mahallalarda “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Termiz tumanida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish hamda tibbiy-profilaktik xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G.Baxromova va R.Shamanov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 110 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga malakali tibbiy maslahatlar berildi. Shuningdek, bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayoni o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi amaliy tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3