Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

 OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F.Xashimova hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilovlar tomonidan Yuqori Qo‘rg‘oncha mahalla
fuqarolar yig‘inida joylashgan 6-son Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.


Mazkur tibbiyot muassasasida bugungi kunda 21 nafar tibbiyot xodimi hududda
istiqomat qiluvchi 6 ming 523 nafar aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya
xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.


O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati,
dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, tibbiy jihozlardan
foydalanish samaradorligi hamda muassasada yaratilgan shart-sharoitlar
atroflicha tahlil qilindi.


Shuningdek, tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati, aholi murojaatlarini
ko‘rib chiqish amaliyoti va xizmat ko‘rsatish madaniyati masalalariga ham
alohida e’tibor qaratildi.


O‘rganish davomida poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat
o‘tkazilib, ularning tibbiy xizmat sifati yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif
va murojaatlari tinglandi.


O‘rganish yakunida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada
oshirish, profilaktik ishlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli
vazifalar belgilab olindi.


Aniqlangan kamchiliklar yesa deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga
qayd etildi va bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 5