Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
YOSHLAR KELAJAGIMIZ: 10-SON MAKTABDA “90 KUNLIK YOSHLAR TADBIRI” BOʻLIB OʻTDI

Urganch shahridagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “90 kunlik yoshlar tadbiri” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati N.Sharipova ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati darajasida koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, taʼlim va sport yoʻnalishlarida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuv davomida oʻquvchi-yoshlarning kelajakdagi rejalari, intilishlari hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi. Deputat yoshlarning taklif va tashabbuslarini tinglab, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.