Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Chilonzor tumanida o‘rganish olib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda faoliyat yurituvchi senator Gulnora Mahmudovna Ma’rufova Chilonzor tumani Sharaf mahallasida joylashgan “Fairytale” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham tashrif buyurdi.

✅ Muassasa rahbari Madina Masrurxonovna Dadabayeva tomonidan senatorga bog‘cha faoliyati, yaratilgan sharoitlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi. 2023-yilda tashkil etilgan mazkur ta’lim muassasasi 10,2 milliard so‘mlik tadbirkor mablag‘lari hisobidan barpo etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 200 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega. Muassasa faoliyati natijasida 50 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

📊Senator bog‘chada bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Muassasani kengaytirish va faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 12