Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Chilonzor tumanida o‘rganish olib bordi

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati senatori Gulnora Mahmudovna Ma’rufova Prezidentimizning 2025-yil 27-fevraldagi PQ–78-son qarori asosida tashkil etilgan “Savdo va servis” uyushmasi huzuridagi “Savdo Akademiyasi” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markaz chakana savdo sohasi uchun zamonaviy va malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lib, kassir-sotuvchi, novvoy, qassob va tovarshunos kabi bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘quv dasturlarini amalga oshirmoqda.

📥O‘quv markazida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy usullar asosida tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilar uchun elektron ta’lim platformalari, laboratoriyalar va amaliyot maydonchalari yaratilgan. “Anglesey Food” MCHJ XK bilan yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim tizimi orqali tinglovchilar o‘qishning ilk kunlaridanoq amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bugungi kunga qadar markaz tomonidan 816 nafar tinglovchi turli yo‘nalishlar bo‘yicha muvaffaqiyatli tayyorlangan. Joriy yil yakuniga qadar minglab yoshlar va fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4