Новости

Последние новости

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 5-“Yoshlar” saylov okrugidan saylangan deputati M. Xudoyberdiyeva tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ichki ko‘cha yo‘llari, avtomobil yo‘llarining texnik holati hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud yo‘llarning holati, harakat ishtirokchilari uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l belgilari va xavfsizlik infratuzilmasining amaldagi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakat muhitini yaratish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan amaliy ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Aholining xavfsiz va farovon hayot kechirishi yo‘lida tizimli ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4