Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Furqat mahallasidagi “Diyorabonu Fayz” MCHJ faoliyati bilan tanishildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. Mardonova tomonidan hududlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.

Shu maqsadda deputat yuritayotgan “Diyorabonu Fayz” MCHJ tikuv sexida bo‘lib, korxonaning bugungi faoliyati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida korxonada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan mavjud muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuv va o‘rganishlar hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2