Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugi deputati Sh.Rasulova tomonidan saylov okrugi hududidagi fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

Muloqotlar davomida mahalla aholisi tomonidan hudud infratuzilmasi va ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid bir qator muhim masalalar ko‘tarildi.

Xususan, fuqarolar tomonidan G‘oziyog‘liq mahallasi, 265-uy manzilida joylashgan va ayni paytda faoliyat yuritmayotgan choyxona binosidan samarali foydalanish, uni bolalar bog‘chasi sifatida tashkil etish masalasi ilgari surildi. Aholi vakillari hududda maktabgacha ta’lim muassasasiga ehtiyoj yuqoriligini bildirib, ushbu tashabbus yosh oilalar uchun katta qulaylik yaratishini ta’kidladilar.

Deputat tomonidan mazkur taklif atroflicha o‘rganilib, masalani amaldagi tartiblar asosida ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan muhokama qilish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

O‘rganishlar jarayonida mahalla faollari va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat Sh.Rasulova tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar nazoratga olinib, ularning qonuniy va ijobiy yechim topishi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan ishlash davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3