Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Tepaguzar mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Samandar Ismailov tomonidan
“Tepaguzar” mahallasida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida mahalla hududining ekologik holati, yashil hududlarni saqlash va ko‘paytirish, daraxtlar parvarishi hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratishga oid masalalar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan
muhim masalalardan biri - hududda daraxtlarni sug‘orish tizimining mavjud emasligi ekani qayd etildi. Ta’kidlanishicha, yoz mavsumida mazkur holat daraxtlarning qurib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

❗️Bildirilgan murojaat va takliflar deputatlik nazoratiga olinib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 1