Новости

Последние новости

янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Kuni kecha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari nomiga kelib tushgan murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha o‘rganish maqsadida hudud deputati E.Tursunqulov tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi

Jumladan, Marg‘ilon shahar Z.M.Bobur mahalla fuqarolar yig‘inining yashovchi fuqaro Y.Xolbekova tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirokida o‘rganish olib borildi.

Oʻrganishda Marg‘ilon shahar Nuroniylar kengashi raisi S.Toshpo‘latov, Marg‘ilon shahar Kadastr palatasi bo‘limi boshlig‘i P.Qo‘chqorov, Z.M.Bobur MFY raisi J.Qodirov, faol nuroniylar hamda xonadon vakillari ishtirok etdi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan mavjud holat joyida ko‘zdan kechirilib, tomonlarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida har ikki tomonga batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda masalani qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Murojaatda qayd etilgan masala yuzasidan tegishli tartibda ishlarni davom ettirish, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda yechim topish hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning mazmun-mohiyatini joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4