Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Fuqarolar murojaati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyaati mudiri A.Nosirov tomonidan tasdiqlangan reja asosida shahar Kengashi deputati O.Bozorovning saylov okrugi hududida joylashgan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolarining murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda mahalla hududidagi 49, 50, 51 va 52-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi ichki yo‘llarning holati ko‘zdan kechirildi. Aholi tomonidan mazkur yo‘laklarning yaroqsiz holga kelgani, harakatlanishda noqulayliklar tug‘dirayotgani hamda ularni asfaltlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganilib, mavjud holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi va mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi yuzasidan kelishib olindi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘z vaqtida hal etish, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4