Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Qo‘qon shahrida Ijtimoiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–393-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qo‘qon shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U.Ismoilovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida shahar hududida muntazam ravishda nazorat tadbirlari va profilaktik o‘rganishlar olib borilmoqda.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida amaldagi qonunchilik talablarini buzgan mas’ul va jismoniy shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda 46 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ushbu masala yuzasidan doimiy komissiya tomonidan joylarda qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazish hamda qonun ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4