Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Kengash qarorlari ijrosi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov tomonidan Kengashning “tumanning ichki yo‘llarini ta’mirlash haqida”gi qarorlarida belgilangan ishlarning bajarilish holatlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida tahlil qilindi.

🔺Tahlil jarayonida qarorlarda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, 2025 va 2026-yillarda ta’mirlanishi belgilangan ichki yo‘llar ro‘yxati, ajratilgan mablag‘lar, bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlari hajmi, yo‘l qoplamalarining sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan ma’lumotlar eshitildi.

🔺O‘rganish davomida 2025-yilga belgilangan mahallalarda ichki yo‘llarini aksariyati ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida bajarilgani, aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlari yaratilgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda ta’mirlash ishlarining kechikishi, loyiha hujjatlarini shakllantirish va moliyalashtirish jarayonlarida mavjud muammolar ham muhokama qilindi.

🔺Yig‘ilishda mas’ullarga qarorlarda belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2026-yilga belgilangan ishlarni jadallashtirish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda ishlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2