👩💼 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati N. Dusmatova “Yoshlik” mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
📌 Tashrif davomida mahalladagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🌿 Mahallada amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar va samimiy sa’y-harakatlar e’tirof etilib, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
✨ Inson qadri ulug‘langan, ayollar e’zozlangan mahallada taraqqiyot va farovonlik barqaror bo‘ladi!