Новости

Последние новости

янв.21
🏛 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI – DEPUTAT NAZORATI OSTIDA
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA O‘RGANISH ISHLARI
янв.21
🎉 Yoshlar uchun 369,5 million so‘m ajratildi!
янв.21
🏛📚 DOLZARB 90 KUN DOIRASIDA UCHRASHUV
янв.21
✅ Shovot tumani murojaatlar bilan ishlashda namunali hudud bo‘ladi!
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN MABLAG‘LARNI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYADA CHORAKLIK HISOBOT MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Y.Axmadaliyev hamda kotibiyat
bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Yangichek mahalla fuqarolar yig‘inida
o‘rganish ishlari olib borildi.


O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori tomonidan mahalla hududida
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy muhit barqarorligini
ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash yo‘nalishida amalga
oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganilib,tahlil qilindi.


Shuningdek, mahallada kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, aholi o‘rtasida
huquqiy madaniyatni oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda
fuqarolar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan amalga
oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.


O‘rganish yakunida mas’ulga aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar
berilib, profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish zarurligi
ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha daftari”ga
kiritildi va nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 3