Новости

Последние новости

янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 27-SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🚫 Inson qadri – oliy qadriyat!
янв.21
Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
🏗 Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
✅ DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🏛 Deputatlik nazorati amalda!
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Investitsiya dasturlari asosida qurilayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari deputatlar nazoratida.
Aholining farovon turmush kechirishi uchun avvalo, infrastruktura va ijtimoiy soha ob'ektlarini yaxshilash, obod manzillar yaratish, bu orqali hududlarning rivojlanishi, kelajak avlodning sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar Beruniy tumanida ham davom etmoqda.

Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5246-son qarorga asosan, Shimom ovul fuqarolar yig'inida bir qancha ishlar bajarilmoqda.

Ijtimoiy soha obe'ktlaridagi qurilish ishlarining sifatli olib borilishi va o'z vaqtida foydalanishga topshirilishi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga OzXDP dan saylangan deputat K.Xodjamuratov, Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Qadirov hamda Xalq deputatlari Beruniy tumani kengashiga O’ZXDP dan saylangan deputat M.Tajimova o'rganish ishlarini olib bordi.
Mahalla yettiligi bilan suhbat jarayonida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning o'z vaqtida hal qilinishi uchun hududdan saylangan deputatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olindi. Shuningdek, investitsiya dasturi asosida 90 o'ringa mo'ljallab qurilgan va 2025 yilda ish faoliyatini boshlagan 58-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi “Xayr bog'cham” tadbirida ishtirok etib, bolajonlarni tabrikladi.
Slide 1 of 5