Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
Tez tibbiy yordam faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A.Abdumurotov tomonidan Pastdarg‘om tuman Tez tibbiy yordam tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda aholiga tezkor tibbiy yordam yetkazish tizimi ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinishicha, tashkilotda 30 ta brigada faoliyat yuritib, ular 30 ta maxsus avtomobil orqali aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, muassasada 110 nafar vrach hamda 202 nafar hamshira fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgani qayd etildi. Bu esa aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputat tomonidan mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, xizmat sifatini oshirish va xodimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish masalalari deputatlar nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 5