Новости

Последние новости

янв.21
🚫 YOSHLAR SALOMATLIGI VA KELAJAGI — QAT’IY NAZORATDA!
янв.21
📌 Shovotda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda
янв.21
📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sportga keng jalb etilmoqda
янв.21
🌳 Murojaat ijobiy yechim topdi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 25-26-may kunlariga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🗓 18–23-may | HAFTALIK DAYJEST
янв.21
⚠️ Farzandlar salomatligiga befarq bo‘lmaylik!
янв.21
🛒 Qo‘shko‘pir mahallasi erkin savdo va tadbirkorlik rivoji yo‘lida.
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20-«Ulug‘bek» saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarning
sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Parkent tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. Jamoatchilik nazorati davomida deputat maktab sport
zalining holati, mavjud sport anjomlari va inventarlarining texnik holati hamda ulardan foydalanish samaradorligini atroflicha o‘rgandi. Jumladan, sport zalining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari va jihozlarning bugungi holati ko‘zdan kechirildi.O‘rganish jarayonida sport zalidan nafaqat o‘quvchilar, balki mahalla aholisi hamda uyushmagan yoshlar tomonidan samarali foydalanilayotgani, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar muntazam tashkil etib kelinayotgani qayd etildi. Shuningdek, deputat ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, maktabning moddiy-texnik bazasi hamda pedagoglar faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.Mazkur nazorat-tahlil tadbiri deputatning hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan amaliy ishlari doirasida olib borildi.
  

Slide 1 of 4